
"Yuventus" murabbiyi joriy mavsum EChLning asosiy favoriti qaysi jamoa ekanligini aytdi
"Yuventus" bosh murabbiyi Massimiliano Allegri Chempionlar ligasi guruh bosqichi 1-turidan o‘rin olgan PSJga qarshi o‘yin oldidan o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
“Guruhdan chiqish uchun bizga 10 ochko kerak. Menimcha, PSJ Chempionlar ligasining joriy mavsumi asosiy favoriti hisoblanadi.
Ularga qarshi bahs keskin kurashlarga boy bo‘lishiga hech qanday shubha yo‘q va biz taktik jihatdan yaxshi o‘yin ko‘rsatish niyatidamiz”, - deya Allegrining so‘zlarini keltiradi UEFA rasmiy sayti.
Ma’lumot o‘rnida, PSJ – “Yuventus” uchrashuvi bugun tunda bo‘lib o‘tadi. Bellashuv Toshkent vaqti bilan 00:00da boshlanadi.
Fikrlar