"Yuventus" Moratani qaytarmoqchi

  • 9 iyun, 2024, 20:36
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

"Yuventus"ning polshalik hujumchisi Arkadiush Milik Ukrainaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida tizzasidan jarohat oldi. Endi u Evropa chempionatini o‘tkazib yuboradi. Shifokorlar futbolchining tiklanish jarayoni olti haftani tashkil etishini aytishmoqda.

"Tuttosport" xabariga ko‘ra, shu fonda "Yuventus" rahbariyati 2014-2016 hamda 2020-2022 yillar oralig‘ida jamoada to‘p tepgan Moratoni qaytarmoqchi.

Ispaniyalik hujumchining "Atletiko Madrid" bilan shartnomasi 2026 yilning iyunigacha amal qiladi. Agar u Turin klubiga o‘tsa, hozirgi maoshini kamaytirishga to‘g‘ri keladi. Biroq A Seriyaga qaytish Alvaroga va uning oilasiga mos keladi. Sababi, Morata italiyalikga uylangan.

Ma’lumot uchun, joriy mavsum Alvaro Morata "Atletiko Madrid" tarkibida 32 ta o‘yinda maydonga tushib, 15 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!