"Manchester Siti"ga qishda kelgan futbolchi yozda klubni tark etishi mumkin

  • 30 aprel, 16:25
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Qishki transfer oynasida Abduqodir Husanov bilan birgalikda "Manchester Siti" safiga qo‘shilgan Vitor Reys yozda klubni tark etishi mumkin.

Tecno

"RTI Sport" nashrining xabar berishicha, 19 yoshli braziliyalik futbolchi faoliyatini "Flamengo" klubida davom ettirishi mumkin. Eslatib o‘tamiz, markaziy himoyachi Braziliyaning "Palmeyras" jamoasidan 37 million evaziga manchesterliklar safiga qo‘shilgan edi.

Qishki transferdan so‘ng Reys "Manchester Siti" safida atigi uchta rasmiy o‘yinda maydonga tushdi va jami 136 daqiqa o‘ynadi. Nufuzli "Transfermarkt" portali braziliyalik himoyachining transfer qiymatini 30 million evroga baholamoqda.

Hozirda "shaharliklar" Angliya chempionati turnir jadvalida 61 ochko bilan to‘rtinchi o‘rinda bormoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!