"Yuventus" Milanga borishni keyinroqqa qoldirdi
Aleks Sandro va Xuan Kuadradoda koronavirus aniqlangach, “Yuventus” “Milan”ga ketishni chorshanba kuni ertalabga qoldirdi. Bu haqda Football Italia nashri xabar tarqatmoqda.
Gap shundaki, Turin klubi rahbariyati jamoada koronavirus bilan bog‘liq vaziyat og‘irlashishi va jamoa kasallik o‘chog‘iga aylanishidan qo‘rqadi. Shu sababli ular so‘nggi test natijalarini kutishmoqchi.
Ma’lumot uchun, Turin va Milan shaharlari orasidagi masofa 150 km ni tashkil qiladi. “Milan” hamda “Yuventus” jamoalari uchrashuvi esa 6 yanvar kuni Toshkent vaqti bilan soat 00:45 da boshlanadi.



Fikrlar