"Yuventus" Meksika terma jamoasi hujumchisini sotib olish bo‘yicha muzokaralarni boshladi

  • 19 avgust, 2020, 21:28
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Yuventus" yaqin vaqtlar ichida "Vulverxempton" hujumchisi Raul Ximenesni o‘z safiga qo‘shib olishi mumkin. Bu haqda Tuttosport nashri xabar tarqatmoqda.

Tecno

Yuqoridagi manbaga ko‘ra, “keksa sinora” sport direktori Fabio Paratichi APL klubi bilan meksikalik futbolchining transferini muhokama qilish uchun Londonga uchib ketgan. Ushbu transferga turinliklarning uch futbolchisidan biri - Aleks Sandro, Aaron Remsi yoki Duglas Kosta qo‘shib berilishi mumkin.

29 yoshli Ximenes o‘tgan mavsum “Vulverxempton” safida 55 ta o‘yinda maydonga tushdi va 27 ta gol hamda 10 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!