
“Yuventus” “Liverpul” hujumchisi tomon “ov”ga chiqdi
"Liverpul" hujumchisi Roberto Firmino "Yuventus" qiziqishlari doirasiga tushib qoldi. Futbol insayderi Ekrem Konurning xabar berishicha, Turin klubi 30 yoshli braziliyalikning transferi borasida mersisaydliklarga rasmiy taklif tayyorlamoqda.
“Keksa sinora” Roberto uchun 25 million evro to‘lashga tayyor.
Firmino 2015 yilning yozidan buyon "Liverpul" sharafini himoya qilib kelmoqda. Etti mavsum davomida braziliyalik hujumchi barcha turnirlarda 327 ta o‘yin o‘tkazib, ushbu bahslarda 98 ta gol va 74 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
Ma’lumot o‘rnida, “Transfermarkt” portali Firminoni 32 million evroga baholamoqda.
Fikrlar