Florentino Peres "Atletiko"ga uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng futbolchilarga murojaat qildi

  • 29 sentabr, 00:58
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real Madrid" La Liganing 7-turi doirasida "Atletiko"dan yirik hisobda mag‘lub bo‘ldi (2:5).

Tecno

"Defensa Central" tarqatgan xabarga ko‘ra, uchrashuvdan so‘ng klub prezidenti Florentino Peres futbolchilar oldida chiqish qildi. U jamoa o‘yinidan norozi bo‘lgani bilan, futbolchilarni qo‘llab-quvvatlashga harakat qildi.

"Bugun biz uchun omadli kun bo‘lmadi. Ular yaxshiroq o‘ynashdi va biz mag‘lub bo‘ldik. Ammo bu o‘yindan xulosa chiqarishimiz kerak. Biz ― "Real Madrid". Shuningdek, biz yana o‘z darajamizga chiqib olamiz", – deya nutq so‘zlagan klub prezidenti.

Manbaga ko‘ra, klub rahbariyati hali ham Xabi Alonso boshchiligidagi murabbiylar shtabi va joriy tarkibga ishonch bildiradi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!