"Yuventus" Kuadrado bilan kelishuvga erishdi

  • 4 oktabr, 2021, 19:43
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Turinning "Yuventus" klubi kolumbiyalik yarim himoyachi Xuan Kuadrado bilan shartnomani uzaytirish bo‘yicha muzokaralarni deyarli yakunlash arafasida turibdi.

Tecno

Tuttosport nashrining xabar berishicha, “keksa sinora” 33 yoshli futbolchi bilan amaldagi kelishuvni 2023 yilning yozigacha uzaytirishga tayyor. Aytish kerakki, tomonlar o‘rtasidagi hozirgi shartnoma 2022 yilning yoziga qadar imzolangan.

Kuadrado joriy mavsum "Yuventus" safida jami 7 ta o‘yinda maydonga tushdi. U ushbu uchrashuvlarda o‘z hisobiga 1 ta gol yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!