
"Yuventus" EChLni yirik hisobdagi g‘alaba bilan boshladi (video)
UEFA Chempionlar ligasi "N" guruhi 1-turida “Yuventus” safarda “Malmyo” mehmoni bo‘ldi.
Shvetsiyada kechgan bahs turinliklarning to‘liq ustunligida kechdi va bu uchrashuvdagi hisobda ham o‘z aksini topdi. “Yuventus” shu kuni raqib darvozasiga javobsiz 3 ta to‘p kiritgan holda g‘alaba qozondi. “Keksa sinora” safida gollarni Aleks Sandro (23'), Paulo Dibala (45') va Alvaro Morata (45+1') kiritdi.
Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:
Fikrlar