
"Yuventus" De Ligtga o‘rinbosar topdi
"Yuventus" "Torino" safida ijara asosida harakat qilayotgan "Inter" himoyachisi Gleyson Bremerni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.
Jurnalist Matteo Morettoning yozishicha, turinliklar 25 yoshli braziliyalik futbolchini "Bavariya"ga o‘tishi kutilayotgan Matteys de Ligt o‘rniga olib kelmoqchi.
Avvalroq, "Torino" Bremer uchun 40 million evro so‘rayotgani haqida xabarlar tarqalgandi. Uning "Inter" bilan amaldagi shartnomasi yanvarda yakunlanadi. O‘tgan mavsum himoyachi 33 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol urgan va bitta golga assistentlik qilgan.
Fikrlar