"Yuventus" "Chelsi" futbolchisini nishonga oldi

  • 28 oktabr, 14:59
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Frantsiyalik himoyachi Malo Gyusto, huquqlari Londonning "Chelsi" klubiga tegishli bo‘lgan futbolchi, Italiyaga yo‘l olishi mumkin. Bu haqda "Calcomercato" nashri xabar berdi.

Tecno

Manba ma’lumotiga ko‘ra, 22 yoshli futbolchini "Yuventus" jamoasi o‘z safiga qo‘shib olishda jiddiy qiziqish bildirmoqda. Gyustoning transfer bahosi taxminan 35 million evro etib baholanmoqda.

Futbolchi "Chelsi" bilan 2030 yil o‘rtalarigacha mo‘ljallangan shartnomaga ega. Joriy mavsumda u London jamoasi safida 10 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta golli pas bergan.

Hozirda "Yuventus" A Seriyada 8 ta turdan keyin 7-o‘rinni egallab turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!