
"Yuventus" "Chelsi" futbolchisini ko‘zlamoqda
Ispaniya terma jamoasi va Londonning "Chelsi" klubi chap qanot himoyachisi Markos Alonso yozgi transferlar davrida jamoasini o‘zgartirishi mumkin.
La Gazzetta dello Sport nashrining xabariga ko‘ra, 31 yoshli futbolchiga Turinning "Yuventus" klubi jiddiy qiziqish bildirmoqda. Qayd etilishicha, «Chelsi» Alonsoni sotishdan manfaatdor bo‘lishi mumkin, chunki uning shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar amal qiladi. Shuning uchun uni bir yildan so‘ng tekinga qo‘yib yubormaslik uchun ular shu yozda u bilan xayrlashishlari mumkin.
Eslatib o‘tamiz, Alonso "Chelsi"da 2016 yildan beri o‘ynab kelmoqda. Oldinroq unga Madridning “Atletiko” klubi ham qiziqish bildirayotgani haqida xabar berilgandi.
Markos Alonso joriy mavsum “aristokratlar” safida jami 34 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi.
Fikrlar