"Yuventus" "Barsa" futbolchisi uchun hamma narsaga tayyor
"Yuventus" klubi yozgi transferlar oynasida "Barselona" yarim himoyachisi Frenki de Yongni xarid qilmoqchi. Bu haqda "Diario Sport" nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, "zebralar" futbolchini sotib olishi uchun hamma narsaga tayyor. Biroq "Barselona" bu transferga rozilik bildirmayapti.
Klub niderlandiyalik iqtidor sohibini 70 million evrodan kamiga sotmoqchi emas. Tabiiyki, bu summa Turin klubiga ma’qul kelayotgani yo‘q.
Ma’lumot o‘rnida, Frenki joriy mavsum "ko‘k-anorranglilar" safida jami 44 bahsda maydonga tushib, o‘z nomiga 4 ta gol va 5 ta assistni yozdirib qo‘ydi.



Fikrlar