
“Yuventus” 4 nafar futbolchisidan voz kechdi
Turinning “Yuventus” klubi hujumchi Moyze Kin hamda yarim himoyachilar Adrien Rabo, Aaron Remzi va Artur Meloga xaridor topishga harakat qilmoqda, deb xabar beradi “Daily Star” nashri.
Manbaga ko‘ra, “keksa sinora” tarkibni kuchaytirishga jiddiy harakat qilmoqda. Uch nafar yarim himoyachining shartnomasi kelasi yozda tugaydi va klub rahbariyati ularni sotib, transferidan yaxshigini pul ishlab olishni maqsad qilgan.
Kinning "Yuventus" bilan shartnomasi 2025 yilning yoziga qadar amal qiladi. Avvalroq "Nottingem Forest" uni o‘z safiga qo‘shib olishga harakat qilayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Fikrlar