
"Yuventus" raqib jamoaning uch futbolchisini ilib ketmoqchi
"Yuventus" bir vaqtning o‘zida "Atalanta"ning uch nafar futbolchisiga qiziqmoqda. Turinliklar bu futbolchilarni yozda sotib olishga harakat qiladi.
Gap hujumchi Mateo Retegi haqida ketmoqda, ammo hozirda u Turin klubining uchinchi raqamli transfer maqsadi hisoblanadi.
La Gazette Dello Sport xabariga ko‘ra, "Yuventus" birinchi navbatda 30 o‘yinda 17 gol va 7 golli uzatma amalga oshirgan Ademola Lukmanni qo‘lga kiritishga harakat qiladi. Nigeriyalik futbolchining narxi 55 million evro.
Ikkinchi maqsad esa 50 million evro baholangan yarim himoyachi Edersen bo‘lib turibdi.
27-turdan so‘ng "Yuventus" 52 ochko bilan A Seriya turnir jadvalida to‘rtinchi o‘rinda bormoqda.
9-mart kuni Turin klubi o‘z maydonida aynan "Atalanta" bilan o‘zaro uchrashuv o‘tkazadi.
Fikrlar