
"Yuventus" - "Napoli" bahsining taqdiri nima bo‘ladi?
Italiya A Seriyasi 3-turidan o‘rin olgan "Yuventus" - "Napoli" uchrashuvi o‘tkazilmadi. Boisi, neapolliklar uchrashuvda ishtirok etish uchun Turinga etib kela olmadi.
Shunga qaramay, maydon egalari ushbu bellashuv uchun asosiy tarkibni e’lon qilgan va o‘yin vaqtida maydonga tushish uchun tayyor bo‘lib turgan edi. "Yuventus"ning "Napoli"ga qarshi asosiy tarkibidan Shensni, Kellini, Bonuchchi, Danilo, Artur, Bentankur, Kuadrado, Remzi, Kulusevski, Dibala va Ronaldu o‘rin olgandi.
Bunday vaziyatda "Napoli"ga texnik mag‘lubiyat yozilishi zarur. Ammo neapolliklar bu vaziyat bo‘yicha o‘z e’tirozlarini bildirishi ham ehtimoldan holi emas.
Fikrlar