
"Yuventus" - "Milan" qarama-qarshiligida g‘olib nomi aniqlanmadi
Italiya chempionati 4-turida "Yuventus" - "Milan" qarama-qarshiligi bo‘lib o‘tdi. Qiziqarli bellashuvda g‘olib nomi aniqlanmadi.
Uchrashuvda dastlab 4-daqiqada Alvaro Morata tezkor gol kiritib, turinliklarni hisobda oldinga olib chiqdi. Ikkinchi bo‘limda Ante Rebich jamoasini mag‘lubiyatdan qutqarib qolgan gol muallifiga aylandi 1:1.
Fikrlar