
"Yuventus" - "Bayer" bahsining ayrim statistikalari. Nemislar birorta aniq zarba berishmadi
Chempionlar Ligasining 2-turidan o‘rin olgan "Yuventus" va "Bayer" o‘rtasida kechgan uchrashuvda mezbonlar yirik 3:0 hisobida g‘alaba qozonishdi.
Bellashuv davomida Leverkuzen klubi umumiy 8 bor zarba yo‘llashdi va shularning birortasi darvozaga aniq bormadi.
To‘p nazorati bo‘yicha germaniyaliklar Turin klubidan biroz ustunlik qilishdi (51% - 49%) va ko‘proq uzatmalarni amalga oshirishdi ( "Bayer" 632 ta, "Yuve" 521 ta).
Piter Bos shogirdlari 2 ta uchrashuvning ikkalasida ham mag‘lubiyatga uchradi va guruhning so‘nggi pog‘onasini egallab turibdi. Italiyaliklar esa 4 ochko to‘plab, guruh etakchiligini qo‘lga olishdi.
Fikrlar