
"Yuve" prezidenti: Barchamiz rioya qilishimiz kerak bo‘lgan juda aniq qoidalar mavjud
"Yuventus" klubi prezidenti Andrea Anelli "Napoli"ga qarshi A Seriyaning 3-tur uchrashuvi bilan bog‘liq vaziyat haqida o‘z fikrlarini bildirdi.
"Bizga aniqlik kerak. Bunday vaziyatlarda qanday harakat qilish kerakligi to‘g‘risida protokollar mavjud. "Jenoa"ga qarshi o‘yindan so‘ng, "Napoli"da bir yoki ikkita koronavirus holati bo‘lishini taxmin qilish mumkin edi. De Laurentis uchrashuvni keyinga qoldirishni so‘radi va bu reglament doirasida bo‘lishi mumkin. Biroq barchamiz rioya qilishimiz kerak bo‘lgan juda aniq qoidalar mavjud", - deya Anellining so‘zlarini keltiradi "Football Italia".
Avvalroq, "Yuventus" "Napoli"ga qarshi uy uchrashuvi uchun boshlang‘ich tarkibni e’lon qilgan bo‘lsa-da, bellashuv o‘tkazilmagan edi.
Fikrlar