Yurgen Klopp: Beylni "Liverpul"ga olib kelish deyarli imkonsiz
"Liverpul" klubi bosh murabbiyi Yurgen Klopp "Real" vingeri Garet Beylning mersisaydliklar safiga o‘tishi mumkinligi borasida tarqalgan xabarlarga munosabat bildirib o‘tdi.
“Beyl - "Real" futbolchisi, agar u ketsa, bu qaysidir jamoaga juda ham qimmatga tushadi.
Uning o‘yinlari menga yoqadi, lekin gap bunda emas. Siz barchasi birgalikda ishlaydigan jamoani yaratishingiz kerak”, - deydi germaniyalik mutaxassis.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq “Real” Beylni Xitoy klubiga sotishni istamagani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Ma’lumot uchun, 30 yoshli uelslik futbolchi o‘tgan mavsum La Ligada jami 29ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 8ta gol hamda 3ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.



Fikrlar