
"Yunayted" sobiq futbolchisi Lindelyofni ketkazishni talab qildi
“Manchester Yunayted” afsonasi Pol Skoulz jamoa markaziy himoyachisi Viktor Lindelyofdan qattiq norozi. Ayniqsa, fulbekning Evropa Ligasi yarim finali doirasida “Sevilya”ga qarshi kechgan bahsdagi harakatlari MYu sobiq futbolchisiga yoqmagan.
Skoulz uning o‘rniga boshqa yuqori darajadagi futbolchi olib kelinishini so‘ramoqda. O‘zi shundoq ham Maguayr klub darajasida o‘ynay olmayotganligi, jamoa anchadan beri sovrinlar uchun kurash olib bormayotganligi angliyalikka xush kelmayapti.
O‘z navbatida, Lindelyof 2017 yildan buyon mankuniyaliklar safida harakat qilib keladi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilga qadar mo‘ljallangan.
Fikrlar