“Yunayted” sabri tugagan darvozabonni qo‘yib yubormaydi

  • 31 dekabr, 2021, 08:35
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

“Manchester Yunayted” asosiy tarkibiga kira olmayotgan Din Xenderson muntazam o‘yin amaliyotiga ega bo‘lish uchun klubni tark etishga qaror qildi.

Aslida avvalgi murabbiy Ule-Gunnar Sulsher ispaniyalik darvozabon David de Xeani yozda sotib yuborib, Din Xendersonga birinchi raqamni bermoqchiligini ta’kidlaganidan keyin angliyalik posbon manchesterliklar bilan yangi  bitim tuzgandi.

Amalda unday bo‘lmadi. Jamoani yangi qabul qilib olgan Ralf Rangnik ham asosiy darvozabon rolini David de Xeaga topshirishini aytganidan keyin Xenderson ketishni ma’qul ko‘rdi.

Biroq, Ralf Rangnik yanvar oyida o‘ziga yangi jamoa topishga harakat qilayotgan 24 yoshli darvozabonning klubdan ketishiga ruxsat bermadi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!