
Yulduzlar jangi: Bellingem Mbappeni chiqishtirmayapti
Fantsiya terma jamoasining sobiq futbolchisi Emmanuel Peti “Real”da o‘ynayotgan hamyurti Kilian Mbappening Madrid klubidagi ahvoliga izoh berdi.
- Kilian Mbappe “Real”da yolg‘izlanib qolgan. Men Jud Bellingem Kilianni inkor qilganini ko‘rdim va “Real”da Mbappega yordam beradigan biror do‘sti borga o‘xshamaydi.
Uni matbuot tinimsiz tanqid qilyapti, Parijda yoki Ispaniyada do‘sti yo‘q, xalqaro uchrashuvlarda qatnashmagani uchun Frantsiyada o‘ziga dushman orttirib oldi.
Bu mavsum Kilian o‘zining darajasidan ancha uzoqda. U ko‘p gol urayotganidan xabardorman, lekin bu quruq statistika, Mbappe baribir o‘ziga o‘xshayotgani yo‘q, - dedi Emmanuel Peti.
Fikrlar