
Yulduzlar “Barsa”dan yuz o‘gira boshladi
“Barselona”ning mashhur himoyachisi Jerar Pike “Bavariya”dan uchralgan qaqshatqich mag‘lubiyatdan so‘ng, jamoani tark etishga tayyor ekanini ma’lum qildi.
- Dahshatning o‘zginasi, qo‘rqinchli his-tuyg‘ular va sharmandalik kabi so‘zlarga mos o‘yin bo‘ldi. Evrokuboklarda bunaqa o‘ynab bo‘lmaydi. Bu birinchi marta bo‘layotgani yo‘q. Bundan dars olishimiz kerak. O‘zgarishlarga qo‘l uradigan payt keldi. Hamma narsani tubdan o‘zgartirish shart. Agar jamoaga yangi “qon” quyish kerak bo‘lsa, men birinchilardan bo‘lib ketishga tayyorman, - dedi Pike.
Avvalroq, mutaxassislar “Barselona” o‘yinchilarining aksariyati 30 yoshdan oshgani va faoliyatida ko‘plab yutuqlarni qo‘lga kiritgani uchun yangi g‘alabalarga ishtiyoqi qolmaganligini ta’kidlayotgan edi.
Fikrlar