Yoshko Gvardiol Jahon chempionatida rekord o‘rnatdi
Jahon chempionati bronza medal uchun bo‘lib o‘tayotgan Xorvatiya va Marokash uchrashuvida xorvatlar futbolchisi Yoshko Gvardiol hisobni ochdi.
Gvardiol bu goli bilan Xorvatiya tarixida mundialda gol urgan eng yosh futbolchiga aylanib oldi. Hozirda Yoshko 20 yoshu 328 kunlik.
Eslatib o‘tamiz, amaldagi rekord Ivitsa Olichga tegishli bo‘lib, u 2002 yilda Italiya terma jamoasiga tezkor gol urgan. Olich o‘sha paytda 22 yoshu 267 kunlik edi.



Fikrlar