Yosh futbolchi Kumanni transferdan voz kechishga majbur qildi

  • 5 dekabr, 2020, 10:40
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” bosh murabbiyi Ronald Kuman qishki transferlar davriga mo‘ljallagan rejasidan voz kechdi.

Tecno

Gap shundaki, niderlandiyalik mutaxassis jamoaning tajribali himoyachisi Jerar Pike uzoq muddatga safdan chiqqani uchun shoshilinch ravishda “Manchester Siti” vakili Erik Garsiyani transfer qilmoqchi edi. Biroq, transfer oynasi ochilgunicha asosiy jamoada o‘ynab turishga chaqirtirilgan 21 yoshli Oskar Mingesning ishonchli o‘yini murabbiyni yangi futbolchi olish fikridan qaytardi.

“Barselona” tarkibidagi so‘nggi uchta uchrashuvni yuqori saviyada o‘tkazgan ispaniyalik iste’dod egasi bundan keyin ham asosiy jamoada o‘ynaydigan bo‘ldi.

Kuman klub rahbariyati bilan kelishgan holda markaziy himoyachi olish masalasini yopdi. Endi klub skautlari asosiy e’tiborni markaziy hujumchi qidirishga qaratadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!