Yorqin Nazarov: "Tarkibdagi raqobatni kuchaytirmasak bo‘lmaydi"

  • 20 iyun, 2021, 23:44
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Nasaf” – “Andijon” (2:0) o‘rtasidagi uchrashuvdan keyin mehmonlar bosh murabbiyi Yorqin Nazarov matbuot anjumanida qatnashdi.

Tecno

- Bugungi uchrashuv haqida qanday fikrdasiz?

- Mahorat baribir mahorat. Bizga ikkinchi gol ortiqcha bo‘ldi. Agar bu golni o‘tkazib yubormaganimizda futbolchilar yanada shijoat bilan o‘ynashardi. Afsuski, ikkinchi goldan keyin imkoniyatimiz kamaydi. “Nasaf”da bir necha yillardan beri bitta tarkib va murabbiy ishlayapti. Bu erda terma jamoalarga nomzod o‘yinchilar talaygina, bu bekorga emas. “Andijon” futbolchilari qo‘llaridan kelganini qilishdi. Teng o‘yin bo‘ldi deb o‘ylaymiz. Balki qizil kartochka ko‘rsatilgan vaziyatda gol urganimizda o‘yin boshqacha bo‘lishi mumkin edi.

- Martin Boakeni nega almashtirdingiz?

- Legionerimizning o‘rniga yosh futbolchimizni tushirdik. Uning iqtidori bor va yaxshi ochilardi. Boakega himoyachilar yaqin o‘ynashayotgandi. Bu taktik o‘zgarish edi.

- Jasur Jaloliddinov jamoada o‘z o‘rnini topyaptimi?

- Ha, o‘rnini topyapti. Taktikamizni o‘zgartirsak ham har jihatdan mos tushyapti. O‘yin bo‘yicha Jaloliddinovga e’tiroz yo‘q.

- Unda nega almashtirdingiz?

- Oldingi mashg‘ulotda biroz jarohat olgandi. Bugungi uchrashuvda maydonga tushirish yoki tushirmaslik borasida o‘ylandik. Shifokorlarimizning sa’y-harakatlari bilan uni oyoqqa turg‘azdik. Aslida birinchi bo‘limdan keyin ham unda og‘riq bor edi. Shu sababli almashtirdik.

- Transfer oynasi paytida jamoani kuchaytirish uchun qanday rejalar bor?

- Birinchi davradan keyin kuchaymask bo‘lmaydi. Bizning maqsadimiz Superligada qolish. Bizda yana legionerlar olish imkoniyatimiz bor. O‘zimizda kim ham yaxshi o‘yinchisini berardi? Agar Superligadan bo‘lmasa pro-ligadan olarmiz. U erda 3-4 nafar o‘yinchilarni kuzatib yuribmiz.

- “Andijon” nega Superligada o‘z o‘rnini topa olmayapti?

- Bungacha ko‘p o‘zgarishlar bo‘ldi. O‘tgan yilgi tarkibning 90 foizi o‘zgargan. Bu yil tarkib yoshartirilgan. Rahbarlar to‘g‘ri yo‘lni tanlashgan. O‘zbekiston futbolida “Andijon”ni o‘z o‘rni bor. Bu erda baribir futbol bo‘ladi va klub yuqori o‘rinlarga chiqadi. Bunga balki ikki-uch yil kerakdir, ammo baribir o‘z o‘rnini topadi. Bu yildan klub xususiylashgan. Rahbarlar futbolni tushunadi va sevishadi.

- Qaysi chiziqlarni kuchaytirish kerak deb hisoblaysiz?

- Hamma chiziqni.

- Ikkinchi davrada “Andijon “ yangilanadimi?

- Tarkibni yoshartirganmiz. Futbolchilarimizdan ayrimlariga Superligada o‘ynashga hali vaqtli. Ularni o‘rnini to‘ldirib, raqobatni kuchaytirmasak bo‘lmaydi.

- Himoyada jiddiy yo‘qotish bor edi. Bugungi uchrashuvda bu qay darajada bilindi?

- Plamen Dimov bizga shu o‘yinda juda ham kerak edi. O‘rni bilindi. U yo‘qligi uchun yarim himoyada o‘ynaydigan futbolchimizni himoyaga qo‘ydik. Lekin Dimov bo‘lsa-bo‘lmasa ham raqib ikkita gol urdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!