
Yilning eng yaxshi ayol futbolchisi bo‘lishga nomzodlar e’lon qilindi
Avval xabar berganimizdek, yil davomida o‘zini har jihatdan namoyish etgan holda futbolimiz jamoatchiligi e’tirofiga sazovor bo‘lgan futbolchi, futzalchi, murabbiy hamda yana ko‘plab futbol jonkuyarlarini taqdirlash maqsadida O‘FA hamda O‘zPFL mavsum yakunlariga bag‘ishlab yilning eng yaxshilarini taqdirlash marosimi – UZ Football Awards tadbirini o‘tkazadi.
UZ Football Awards marosimi joriy yilning 25 dekabr kuni ZO’R TV ning Renaissance Hall tantanalar zalida bo‘lib o‘tadi.
Bugun PFL ayollar Oliy ligasidagi "Eng yaxshi futbolchi" bo‘lishga nomzodlar ro‘yxatini ma’lum qildi. Quyida da’vogarlar bilan tanishib olishingiz mumkin:
Umida Zoirova (“Bunyodkor-W) — 22 o‘yin, 5 gol
Diyora Habibullaeva (“So‘g‘diyona-W”) — 19 o‘yin, 32 gol
Maftuna Shoyimova (“Sevinch”) — 21 o‘yin, 13 gol
Lyudmila Karachik (“Bunyodkor-W”) — 21 o‘yin, 27 gol
Fuseina Mumuni (“So‘g‘diyona-W”) — 21 o‘yin, 31 gol
Saida Galimova (“Bunyodkor-W) — 22 o‘yin, 10 gol
Fikrlar