Yaxshiboevning jamoadoshi koronavirusga chalingani rostmi? Jamoa bosh murabbiyi oydinlik kiritdi

  • 17 may, 2020, 11:00
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Energetik-BGU" klubi bosh murabbiyi Vladimir Belyavskiy "Dinamo" Brest jamoasi ustidan qozonilgan g‘alabadan (2:1) so‘ng o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

Tecno

- Barchani g‘alaba bilan tabriklayman. Molodechno shahridagi maydon bizga yaxshi xizmat qildi. Yaxshi maydon bo‘libdi. Har ikki jamoa ham hujumkor o‘yin namoyish etdi. 

- Qo‘shimcha daqiqada gol o‘tkazish qanchalik alamli? 

- Bunday gollarni o‘tkazish alamli. Maydon markazida xato ro‘y berdi. Soniyaga kontsentratsiyani yo‘qotdik. O‘yin tugadi, deb erta o‘ylay boshladik.

- Bu hafta Belarus chempionatidagi ko‘plab futbolchilar, jumladan, sizning jamoangizdagi ikki futbolchida koronavirus aniqlangani haqida xabarlar paydo bo‘ldi. Buni qanday izohlaysiz?

- Men shifokor emasman va kim bilan nima bo‘layotganini ayta olmayman. Ehtimol engil shamollash bo‘lishi mumkin. Biz tahlil namunalari topshirmadik. Shu bois koronavirus yoki koronavirus emasligini aniq ayta olmaymiz. Boshqa jamoalardagi holatlarni mish-mish darajasida bilaman.

- Ammo, sizning jamoangizda mashg‘ulotlarda ishtirok etmayotgan futbolchi bormi?

- Bizda bundaylar yo‘q. Barcha shug‘ullanmoqda, barcha ishlamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!