
Yaxshiboev va Umarovning jamoasidan omad yuz o‘girdi (video)
Kecha Belarus chempionatida 5-tur o‘yinlari start oldi. Turning ilk bahsida hamyurtlarimiz Jasur Yaxshiboev va Shahboz Umarov to‘p tepadigan "Energetik-BGU" klubi "Gorodeya"ni qabul qildi va 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Bellashuvdagi yagona gol Sorokin hisobiga yozildi. Yaxshiboev 40-daqiqada sariq kartochk oldi va ikkinchi bo‘lim avvalida o‘z o‘rnini Umarovga bo‘shatib berdi.
Quyida mazkur qiziqarli qarama-qarshilik videolavhasini tomosha qilish imkoniga egasiz.
Fikrlar