
Yaxshiboev o‘zbekistonlik futbolchilarning kamchiligini aytdi
Belarusning "Energetik-BGU" klubi hujumchisi Jasur Yaxshiboev mahalliy OAVga intervyu berdi. Suhbat davomida Belarus va o‘zbek millati va futbolchilari o‘rtasidagi tafovutni ham ta’kidladi.
"Belaruslar va o‘zbeklar qanday farq qiladi? Albatta, bu ikki millatning mentaliteti butunlay boshqacha. Sobiq Ittifoq hududidagi barcha millatlarniki bir-biridan farq qiladi. O‘zbeklar menimcha, janubliklar kabi qiziqqon bo‘ladi.
Bizning futbolchilar kuchli texnikaga egalar. Bu borada ular belarusliklardan ustun. Jismoniy jihatdan esa bunday emas. Yugurish, kurashish borasida ham shunday. Evropada o‘ynash uchun texnika etarli darajada, ammo etarli kuch yo‘q", - dedi Yaxshiboev.
Fikrlar
Гап сузларинг анча кесадиган(кесгир) булиб колди.