
Yaxshiboev kelgusi turni o‘tkazib yuboradi
"Energetik-BGU" hujumchisi Jasur Yaxshiboev jamoasining Belarus chempionatidagi navbatdagi o‘yinini o‘tkazib yuboradi. U bugun "Isloch" jamoasiga qarshi (2:1) kechgan uchrashuvda hakam tomonidan ogohlantirish oldi. Bu uning joriy mavsumdagi to‘rtinchi sariq kartochkasiga aylandi.
Shu bois, Yaxshiboev 31 may kuni chempionat doirasida "Vitebsk" klubiga qarshi kechadigan bellashuvni o‘tkazib yuboradi.
Fikrlar