
Yaxshiboev endi “Paxtakor”ga tegishli emas!
Belarus chempionatida “Energetik-BGU” jamoasidan “Shaxtyor”ga ko‘chib o‘tgan o‘zbek legioneri Jasur Yaxshiboevning transferiga oid yangi ma’lumot paydo bo‘ldi.
Ma’lumotlarga qaraganda, Yaxshiboevning transfer huquqi “Paxtakor”ga tegishli emas ekan. Jasurning manfaatlarini himoya qilayotgan agentlar bu huquqini “Paxtakor”dan sotib olgani aytilmoqda.
Jasur Yaxshiboev Belarus chempionatida jami 15 ta uchrashuvda 10 ta gol bilan to‘purarlar bahsida peshqadamlik qilmoqda va musobaqaning eng yaxshi futbolchisi nomini ham o‘zida saqlab turibdi.
Fikrlar