
Yaxshi yangilik! Floyd Meyvezer va bloger Logan Pol jangi O‘zbekistonda jonli efirda namoyish etiladi
Professional boksning 5 vazn toifasi sobiq chempioni Floyd Meyvezer (50-0) va You Tube bloger Logan Pol (0-1) jangi 6 iyun kuni "Hard Rock Stadium" arenasida bo‘lib o‘tadi. Kelishuv bo‘yicha jangda Meyvezerning vazni 160 funt (-72,5 kg), Pol esa 190 funtdan (-86,1 kg) ortiq bo‘lmasligi kerak.
Quvonarlisi, Uzreport TV kanali jangni O‘zbekiston hududida translyatsiya qilish huquqini sotib oldi. Ko‘rgazmali shouni Toshkent vaqti bilan 7 iyun tongi soat 5:00 dan boshlab tomosha qilishingiz mumkin.
Logan Pol You Tube tarmog‘ida 22 milliondan ortiq kuzatuvchiga ega. U hozirga qadar bir marotaba professional boksda ko‘rgazmali jangda ishtirok etgan. 2019 yilning noyabr oyida Pol boshqa bir bloger KSI nomi bilan mashhur bo‘lgan Olajide Uilyams Olatunji bilan jang qilib, ochkolar hisobida mag‘lub bo‘lgandi.
Shohjahon Ergashev jang qiladigan EBP kamari qanday nufuzga ega? Bu kamar reyting beradimi?
Fikrlar