
Mashhur legionerimiz jamoasini o‘zgartiradi!
O‘zbekistonlik futbol ishqibozlari bu mavsum Qozog‘iston Premer-ligasida Turkiston viloyatining “Turon” jamoasiga muxlislik qilayotgan edi.
Bu klub mavsum boshidan o‘z oldiga katta maqsadlarni qo‘yib, yuqori o‘rinlar uchun kurashishi kutilgan edi. Rahbariyat tarkibni shakllantirishda o‘zbek futboli maktabining to‘rt nafar tarbiyalanuvchisini o‘z safiga qo‘shib oldi.
Xususan, 2022 yili “Ordabasi” safida Qozog‘iston chempioni bo‘lgan Shahboz Umarov, “Paxtakor” tarbiyalanuvchisi Behruz Asqarov, ilgari bu mamlakatda to‘p tepgan Odiljon Abdumajidov va tajribali himoyachi Xurshid Muxtorov turkistonliklar tarkibiga borib qo‘shildi.
Biroq keyinchalik klubda turli muammolar yuzaga keldi. Matbuotda “Turon” legionerlarga maosh to‘lay olmayotgani haqida ma’lumotlar chiqa boshladi.
Oxir-oqibat bosh murabbiy Vitaliy Jukovskiy yaqinda o‘z shtabi bilan klubni tark etdi. Uning o‘rnini egallagan Renat Abdulin mahalliy futbolchilarga tayanishini bildirdi. Xususan, 14 iyun kuni bo‘lgan chempionat o‘yinida yangi bosh murabbiy “Jenis”ga qarshi bahsda faqat qozog‘istonlik futbolchilarni maydonga tushirdi.
Ba vaziyatdan kelib chiqib, “Turon”ning etakchisi o‘yinchisi hisoblangan Shahboz Umarovga darrov taklif tushdi. Mavsumni muvaffaqiyatsiz o‘tkazayotgan “Jenis” o‘zbek futbolchisi yordamida holatni o‘nglashga qaror qilgan.
Ma’lum bo‘lishicha, poytaxt klubi anchadan beri o‘zbekistonlik hujumkor futbolchini kuzatib kelgan va aynan Umarov jamoa o‘yinlarida ijobiy burilish yasay olishiga ishonch bildirmoqda.
Bundan tashqari, “Jenis” mavsum boshida yana bir o‘zbekistonlik hujumchi Jasurbek Yaxshiboev bilan ham muzokara olib borgan edi. Lekin Jasur o‘shanda Eron chempionatidan kelgan taklifni qabul qilishni ma’qul ko‘rgandi.
Ta’kidlash joizki, agar “Turon”ning yangi murabbiyi faqat mahalliy o‘yinchilar xizmatidan foydalanish fikrida qat’iy turadigan bo‘lsa, jamoadagi legioner kelajagi haqida o‘ylab ko‘rishi kerak bo‘ladi. Chunki bu klub mavsum boshida O‘zbekiston, Rossiya, Belarus, Chernogoriyadan jami 12 nafar futbolchini ro‘yxatdan o‘tkazgan.
E’tiborga molik jihati shundaki, Turkiston viloyati jamoasi sharafini himoya qilib kelayotgan to‘rt nafar o‘zbek legionerlarining bari asosiy tarkib o‘yinchilari hisoblagadi.
Xususan, “Jenis” nishoniga tushgan 26 yoshli hujumkor futbolchi Shahboz Umarov “Turon” safida Premer-liga va mamlakat kubogi doirasida jamt o‘nta uchrashuv o‘tkazib, o‘z hisobiga bitta gol va uchta assist yozdirib qo‘ydi.
“Paxtakor”dan ijaraga olingan 22 yoshli universal futbolchi Behruz Asqarov esa, 12 ta uchrashuvda ishtirok etib, bitta gol va ikkita assist muallifi bo‘ldi.
Ikki o‘zbek himoyachisining ham jamoaga qo‘shgan hissasini alohida e’tirof etish lozim. 31 yoshli Xurshid Muxtorov chempionat va kubok uchrashuvlarida 12 marotaba maydonga tushib, himoyadagi vazifalarini uddalashdan tashqari bitta gol ham urdi.
24 yoshli Odiljon Abdumajidov esa, shu paytga qadar har ikki musobaqada umumiy hisobda 13 ta uchrashuvda to‘p tepdi.
Ronaldu Masharipovga: Nima, sen Messining muxlisimisan?!
Fayzullaev: Skautlar argentinalik himoyachini ko‘rgani kelib, Husanovni olib ketishdi
Fayzullaevni jamoaga olishni istashmagandi...
Fayzullaev “Real” va “Barsa”ni tanladi!
Fikrlar