
Yarim final qahramoni "Real"ni tark etyapti
"Real Madrid" hujumchisi Xoselu Mato "Al-Garafa" jamoasiga o‘tishi mumkin. Ispaniyalik futbolchi Qatar klubi bilan kelishuvga erishish arafasida.
"Qirollik klubi" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti 34 yoshli hujumchini jamoada saqlab qolmoqchi, lekin nima bo‘lgan taqdirda ham futbolchining qarorini hurmat qiladi.
Eslatib o‘tamiz, Xoselu joriy mavsumda "qaymoqranglilar" safida 49 o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 17 gol va 3 assistni yozdirib qo‘ygan. Bundan tashqari, "Bavariya"ga qarshi uchrashuvda dubl qayd etib, jamoani finalga olib chiqqandi.
Fikrlar