
Yaqin o‘tmishning mashhur hujumchilaridan biri Urugvay 2-divizionida ishtirok etuvchi jamoa bosh murabbiyiga aylandi
Urugvayning "Atenas" klubi Diego Forlanni bosh murabbiy sifatida tanishtirdi.
Klub rasmiy saytining xabar berishicha, 41 yoshli mutaxassis mamlakatning 2-divizionida ishtirok etuvchi jamoa bilan 2022 yilga qadar shartnoma imzolagan.
Aytish kerakki, yaqin o‘tmishning eng mashhur hujumchilaridan biri bo‘lgan Forlan uchun bu murabbiylik faoliyatidagi ikkinchi jamoa bo‘ldi. Bundan avval u "Penyarol" klubini boshqargan.
Diego Forlan futbolchi sifatida "Manchester Yunayted", "Vilyarreal", "Atletiko" va "Inter" kabi grand klublarda o‘ynagan.
Fikrlar