Yaponiyalik "yangi Messi" "Real" bilan shartnoma imzoladi

  • 14 iyun, 2019, 17:52
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Yaponiyaning "Tokio" klubi yarim himoyachisi Takefusa Kubo "Real"da faoliyatini davom ettiradi. Qizig‘i shundaki, Kubo "Barselona" tarbiyalanuvchisi. U Kataloniya klubining tarkibida to‘rt yilni o‘tkazgan (2011-2015 yillar).

Tecno

Ispaniya klubi bilan tuzilgan shartnomaning tafsilotlari xabar qilinmagan, ammo matbuotning aytishicha, transfer qiymati 2 mln evro.

O‘tgan mavsumda 18 yoshli yarim himoyachi yapon klubi uchun 17 ta uchrashuv o‘tkazib, 5 ta gol urdi. 9 iyun kuni Kubo Yaponiya terma jamoasida debyut qildi - Salvador bilan uchrashuvning 67-daqiqasida (2:0), u Takumi Minaminoning o‘rniga tushirildi.

Kubo "Real"ning hozirgi transfer oynasida oltinchi sotib olingan o‘yinchisiga aylandi - klub bundan avval Rodrigo, Eder Militao, Luka Yovich, Eden Azar va Ferlan Mendi bilan shartnoma imzolagan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!