
Yaponiyadagi zilzilada Olimpiya ob’ektlariga zarar etdimi?
O‘tgan hafta Yaponiyada bo‘lib o‘tgan kuchli zilzila natijasida bir nechta shaharlarga katta zarar etdi. Shu o‘rinda, ko‘pchilikni Tokiodagi Olimpiya ob’ektlari bu vaziyatda qanday ekani qiziqtirmoqda. Kyodonews.jp ma’lumot berishicha, Olimpiya ob’ektlariga jiddiy shikast etmagan. Aytilishicha, bugun barcha inshootlar sinchiklab yana bir ko‘zdan kechiriladi.
“Tashkiliy qo‘mita vakillari Olimpiya ob’ektlarida, shu jumladan muvaqqat jihozlarda muammolar aniqlanmaganligini bildirishdi”, – deyiladi kyodonews.jp xabarida.
7,3 balli zilzila 13 fevralda Tinch okeanida, Yaponiyaning shimoliy sharqidagi Fukusima va Miyagi prefekturalarida ro‘y bergan. Tokiodagi silkinishlar 4 ballga yaqinni tashkil etgan. Zilziladan jabrlanganlarning soni 150 kishiga etgan.
Fikrlar