Yaponiya U-23 bosh murabbiyi: "Biz chempion bo‘lish uchun kelganmiz"

  • 7 iyun, 2022, 15:38
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Yaponiya U-23 hamda Saudiya Arabistoni U-23 terma jamoalari o‘rtasidagi bellashuvda jamoalar 0:0 hisobida durang o‘ynadi. Yaponiya olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi Go Oiva uchrashuvdan keyin qisqacha o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

Tecno

"Biz bu natijadan qoniqmadik. Barcha futbolchilar va murabbiylar shtabi g‘alaba qozonishni istagandi. Shu istak sabab yaxshiroq ishlashimiz va oxirgi o‘yinda zafar quchishimiz kerak.

To‘g‘risini aytadigan bo‘lsam, biz chempion bo‘lish uchun kelganmiz. Hamma bahsda g‘olib bo‘lishni xohlaymiz. Mentalitetimiz shunday shakllangan.

Yigitlar o‘yin davomida ko‘p vaziyat yaratdi. Qarshi hujumlarda yaxshi harakat qilishdi. "Quruq o‘yin" o‘tkazganimiz futbolchilarning samarali mehnati sabab amalga oshdi", - dedi mutaxassis.

 
 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!