Yaponiya jahon chempionatidan voz kechdi

  • 10 sentabr, 2021, 16:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Yaponiya futbol assotsiatsiyasi koronavirus pandemiyasi cheklovlari tufayli yil oxirida mezbonlik qilishi lozim bo‘lgan Klublar o‘rtasidagi jahon chempionatidan voz kechganini ma’lum qildi.

Tecno

Oltita konferentsiya chempionlari va mezbon mamlakatning eng kuchli klublari ishtirok etadigan bu galgi musobaqa dekabrda o‘tkazilishi rejalashtirilgandi.

Yaponiya oxirgi bor turnirga 2016 yili mezbonlik qilgandi. Keyinchalik yapon futbolining 100 yilligini nishonlash doirasida 2021 yilgi turnirni o‘tkazishga qaror qildi.

Yozda Tokio Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlariga mezbonlik qilgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!