Yaponiya chet el sportchilari uchun karantin yumshatilishi choralarini bekor qildi

  • 22 yanvar, 2021, 12:01
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Olimpizm
CHERY AUTO

Yaponiya mamlakatga xalqaro musobaqalarda qatnashish uchun kelayotgan chet el sportchilariga avval yumshatilgan karantin choralarini bekor qildi.

Tecno

Ilgari Tokioda Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlari o‘tkazilishini hisobga olgan holda mamlakatga xalqaro musobaqalarda ishtirok etish uchun kelayotgan chet el sportchilariga nisbatan karantin choralari yumshatilgan edi. Jumladan, ular muayyan shartlarga rioya qilganlari holda talab etilgan 14 kunlik karantin muddatini o‘tamasdan mashqlar o‘tkazishlari va musobaqalarda ishtirok etishlari mumkin bo‘lgan. Chet eldagi musobaqalarda ishtirok etib, mamlakatga qaytib kelgan yapon sportchilariga ham ana shunday engillik berilgan edi.

Biroq Yaponiyaning 11 ta prefekturasida favqulodda vaziyat e’lon qilinganligi munosabati bilan barcha sportchilar ikki hafta davomida karantinda bo‘lishlari va ana shu vaqt davomida mashg‘ulotlar va musobaqalarda ishtirok eta olmasliklari belgilab qo‘yildi. Bunday choralar favqulodda vaziyat bekor qilingunga qadar davom etadi.

Yaponiyada favqulodda vaziyat e’lon qilinganligi mamlakatda odamlarning koronavirusga chalinishi ortib ketayotganligi bilan bog‘liq. Favqulodda vaziyat 7 fevralgacha davom etishi belgilangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!