
Yangilangan WBA reytingida Hasanboy Do‘smatov yuqoriladi
Professional boks tayanch tashkilotlaridan biri bo‘lgan Jahon boks assotsiatsiyasi (WBA) iyul oyi yakuniga ko‘ra yangilangan reytingini e’lon qildi. Unda o‘zbek bokschilari quyidagi o‘rinlarda qayd etilgan:
Super yarim o‘rta vaznda (69,8 kg): Isroil Madrimov 1-o‘rin,
Super engil vazn (63,5 kg): Shahram G‘iyosov 7-o‘rin, Shohjahon Ergashev 12-o‘rin, shuningdek O‘zbekiston nomi bilan qayd etilgan Botir Ahmedov 2-o‘rinda,
Yarim engil vazn (57,1 kg): Otabek Xolmatov 2-o‘rin,
Birinchi yarim engil vazn (55,3 kg): Murodjon Ahmadaliev jahon chempioni sifatida reyting yuqorisida,
Minimum vaznda (47,6 kg) qayd etilgan Hasanboy Do‘smatov 3-o‘rindan 2-o‘ringa ko‘tarildi.
Fikrlar