
"Yangier"ni etakchilar tark etdi. Toshkentda "Neftchi" bilan o‘yini bor
Pro liga klublari ham yozgi tayyorgarlikka kirishishgan. Jumladan, “Yangier” ham rejasiga asosan mashg‘ulotlarni olib bormoqda.
Tarkibda yo‘qotishlar bor. Jumladan, Qahramon Bahodirov, Abduqaxxor Xojiakbarov, Timur Usmonov, Asiljon Begimqulov, Siroj Meliev, Akrom Xo‘jaev va Ahror Umarjonov jamoa bilan xayrlashishgan. Ularning o‘rni qanday o‘yinchilar bilan to‘ldirilishini vaqt ko‘rsatadi.
Shuningdek, “Yangier” nazorat uchrashuvlarini ham o‘tkazadi. Klub matbuot xizmatining xabar berishicha, 13 iyul kuni “Neftchi”, 16-sanada “G‘ijduvon”ga qarshi maydonga tushishadi.
Fikrlar