
"Yangier"ga polshalik ikki nafar legioner qo‘shildi
Xabaringiz bor, “Yangier-quruvchi” jamoasi mavsumning ikkinchi qismiga jiddiy tayyorgarlik ko‘rmoqda.
Tarkibni kuchaytirishni maqsad qilgan jamoa legionerlar xizmatiga tayanishni lozim topdi.
Bugun polshalik ikki nafar futbolchi yurtimizga etib keldi.
Ertadan “Yangier-quruvchi” jamoasi mashg‘ulotlariga qo‘shiladi. Yarim himoyachi Mateuz Szmanski va hujumchi Michal Kalittaning harakatlari murabbiylar shtabiga ma’qul kelsa, jamoa futbolchilar bilan muzokaraga kirishadi, - deya xabar bermoqda klub matbuot xizmati.
Fikrlar