
"Yangier" - "Qo‘qon-1912": O‘zaro o‘yinlar tarixi kimning ustunligini qayd etadi?
Xabaringiz bor, bugundan e’tiboran O‘zbekiston Kubogi guruh bosqichi bahslari start oladi. Ertangi kun dasturida bo‘lib o‘tadigan "Yangier" - "Qo‘qon-1912" bahsi oldidan qo‘qonliklar rasmiy "Telegram" sahifasi o‘zaro o‘yinlar tarixi haqida ma’lumot berdi.
Ushbu jamoalar O‘zbekiston chempionatlari doirasida 10 ta uchrashuvda maydonga tushgan.
O‘yinlarning 5 tasida "shunqorlar" g‘alaba qozongan. 4 ta bahsda yangierliklarning qo‘li baland kelgan. 1 ta bellashuvda durang natija qayd etilgan. To‘plar nisbati – 18-15 "Qo‘qon-1912" foydasiga.
Bu jamoalarning chempionat doirasidagi so‘nggi o‘yini 1999 yilda bo‘lib o‘tgan. Ushbu uchrashuvda qo‘qonliklar 4:2 hisobida g‘alaba qozongan.
Kubok bahslarida 1994 yilda nimchorak finalda to‘qnash kelishgan. Ikki o‘yin natijasiga ko‘ra, yangierliklar keyingi bosqichga yo‘llanma olgan – (1:1, 2:1).
Umuman olganda, bu ikki jamoa O‘zbekiston kubogi bahslarda bir martadan finalga yo‘llanma olishgan – 1992 yilda (“Temiryo‘lchi” hozirgi “Qo‘qon-1912”), 1994 yilda “Yangier”.
Fikrlar