
Yangi yulduz 12 ta klubdan taklif oldi
“Midlsbro”ga tegishli bo‘lgan va mavsumni ijara asosida “Nottingem Forest” sharafini himoya qilayotgan Jed Spens mavsumni yuqori saviyada o‘tkazmoqda.
“O‘rmonchilar” uning yordamida yuqori ligaga chiqish uchun pley-off yo‘llanmasini beradigan o‘rinlar uchun kurashmoqda. Angliya kubogi bahsida “Nottingem Forest” Jed yordamida “Arsenal” va “Lester”ni musobaqadan chiqarib yubordi va bosh sovrin uchun kurashni davom ettirmoqda.
“Arsenal” rahbariyati “o‘rmonchilar” bilan bo‘lgan bellashuvdan keyin Spensga jiddiy qiziqib qoldi. Biroq, “kanonirlar” uni o‘z safiga qo‘shib olish uchun 11 ta jamoa bilan raqobatlashishiga to‘g‘ri keladi.
Himoyaning o‘ng qanotida ishonchli o‘yin namoyish etib kelayotgan 21 yoshli angliyalik futbolchi yozda qudratli jamoalardan birining taklifini qabul qilishga tayyor ekanini yashirmayapti.
Fikrlar