Yangi tashkil etilgan O‘zbekiston Respublikasi turizm va sport vazirligiga rahbar tasdiqlandi
Prezidentning tegishli farmoni (PF-6203, 09.04.2021y) asosida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari Aziz Abdukaxarovich Abduxakimov yangi tashkil etilgan O‘zbekiston Respublikasi turizm va sport vaziri lavozimiga tasdiqlandi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
Shuningdek, Prezidentning tegishli qarori (PQ-5069, 09.04.2021y) asosida:
- Ulug‘bek Axmadovich Azamov turizm va sport vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimiga;
- Abdulaziz O‘rolboevich Aqkulov turizm va sport vazirining o‘rinbosari lavozimiga;
- Avazjon Qudratillaevich Karimov turizm va sport vazirining o‘rinbosari lavozimiga;
- Zarif Ochilovich Kazakov turizm va sport vazirining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.



Fikrlar