Yangi murabbiy kelsa, "Manchester Yunayted"dan 4 nafar futbolchi ketadi!
Yangi murabbiy kelsa, "Manchester Yunayted"ning to‘rt nafar futbolchisiga chiqish eshiklari ko‘rsatilishi mumkin. Gap shundaki, iste’foga chiqarilgan Erik ten Xag o‘rnini Ruben Amorim egallaydi. Portugaliyalik mutaxassis 10 noyabrdan keyin, ya’ni xalqaro tanaffusdan keyin boshlaydi.
Transfer News Live nashrining xabar berishicha, “Manchester Yunayted” Viktor Lindelof, Kristian Eriksen, Antoni va Kazemiro bilan xayrlashishga tayyor. Manbaga ko‘ra, ushbu futbolchilar yangi bosh murabbiyning kelajakdagi rejalariga kirmaydi.
Ma’lumot uchun, Ruben Amorim hozirda Lissabonning “Sporting” klubini boshqarmoqda. Mish-mishlarga ko‘ra, mutaxassis bo‘lajak klubidan tayinlov haqidagi xabarni keyinga surishni so‘ragan.
"Manchester Yunayted" 9 turdan so‘ng APL musobaqa jadvalida 11 ochko jamg‘argan holda 14-pog‘onada bormoqda. Mankunianlklar navbatdagi uchrashuvini 3 noyabr kuni o‘z maydonida "Chelsi"ga qarshi o‘tkazadi.



Fikrlar