
Yangi "Kanelo" kerakmas
Sobiq chempion Poli Malinyadji Jervonta Devisni engil vazn toifasida eng qiyin raqiblarga qarshi kurashishga undadi.
"Tank" nomi bilan tanilgan Devis oxirgi yillarda katta janglar o‘tkazdi. U 2023 yil aprel oyida Rayan Garsiya, iyul oyida Frenk Martin ustidan g‘alabaga erishdi. Jervonta noyabr oyida ringga qaytishni rejalashtirgan, biroq uning raqibi hozircha ma’lum emas.
Poli Malinyadji yaqinda iFL TV ga bergan intervyusida quyidagi fikrlarni bildirib o‘tdi:
"Umid qilamanki, Devis yangi "Kanelo" bo‘lib qolmaydi. Saulning barcha kamarlari bor, ammo doim da’vogarlardan qochib yuradi. Biz eng yaxshi bokschilar o‘rtasidagi to‘qnashuvlarni ko‘rishni istaymiz. Ammo Jervonta diviziondagi eng yaxshi raqib – Kordina bilan jangdan quruq qolgani yaxshi ish bo‘lmadi."
Fikrlar